Turkiy tilli davlatlar OAVlari va turoperatorlari uchun media-tur tashkil etildi

13 Jul, 2023 - 01:55
816
Turkiy tilli davlatlar OAVlari va turoperatorlari uchun media-tur tashkil etildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Xabaringiz bor, shu kunlarda Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festival doirasida Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY)ga a’zo mamlakatlar Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan ommaviy axborot vositalari vakillari, sayyohlik kompaniyalari xodimlari va gidlar ishtirokida Farg‘ona viloyati bo‘ylab media-tur tashkil etildi.

Unda Turkiyaning “TRT” telekanali va “TRT AVAZ” telekanali hamda “Anadolu” axborot agentligi tomonidan turkiyaliklar uchun mamlakatimizning tarixiy maskanlari va sayyohlik markazlari haqida mediakontentlar tayyorlandi.

Shuningdek, Qozog‘istonning “Xaber 24” va “Atameken” telekanallari ijodkorlari, Qirg‘izistonning “Alyans press” va “Kaber” internet nashrlari tomonidan ham Farg‘ona vodiysi haqida qiziqarli materiallar ishlandi.

Xorijliklar dastlab Qo‘qon shahrida joylashgan Xudayorxon o‘rdasi, XVIII asrda qurilgan tarixiy Jome masjidi hamda Norbo‘tabek masjidi bilan tanishishdi. Shundan so‘ng mamlakatimizning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblangan hunarmandlik vositalari, jumladan, yog‘och o‘ymakorlik, ipak mato to‘qish va kulolchilik markazlarida bo‘lishdi.

Xalqaro media-tur ishtirokchilari tomonidan tayyorlanayotgan ushbu mediakontentlar mamlakatimizga qardosh mamlakatlardan kirib keluvchi sayyohlar sonini oshishida xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash