“Matonatli yurak” spektaklining taqdimot muhokamasi  bo‘lib o‘tdi

12 Jul, 2023 - 17:11
466
“Matonatli yurak” spektaklining taqdimot muhokamasi  bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Kuni kecha Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shaodat Usmonova tomonidan sahnalashtirgan I.Cherneshovning “Matonatli yurak” spektaklining taqdimot muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

Spektakl taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi mas'ullari hamda viloyat teatrlari bosh rejissyorlari ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan spektaklning texnik jihatlarini yaxshilash bo‘yicha berilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda premyera qilinishiga ruxsat berildi. 

Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri oʻz faoliyatini 1978-yilda boshlagan. O'tgan yillar davomida teatr millionlab yosh tomoshabinlarni xursand qildi. Teatr nafaqat respublikamizda, balki xorijda ham yetakchi qo‘g‘irchoq teatri sanaladi. U bir necha bor nufuzli mukofotlarga sazovor bo'lgan va turli teatr festivallari g'olibi bo'lgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash