Madaniyat va turizm sohasida Litva bilan hamkorlik yanada kengayadi
11 Jul, 2023 - 11:59
803
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Bugun, 10-iyul kuni Madaniyat va turizm vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari U.Azamov va Litva hukumati huzuridagi Milliy ozchiliklar bo‘yicha kengash a’zosi L.Urmanova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasida madaniy va turizm sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirish, jumladan, san’atning teatr, xareografiya va konsert tomoshalari bo‘yicha ikki tomonlama almashinuv jarayonlarini muntazam olib borish hamda ikki sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida o‘zbek milliy xoreografiya san’ati va qo‘g‘irchoq teatri tomoshalarini Litvada tashkil qilish hamda litvalik san’at ustalarining O‘zbekiston bo‘ylab gastrollarini amalga oshirilishi bo‘yicha kelishib olindi.
O‘z navbatida L.Urmanova O‘zbekiston keyingi yillarda turizmi tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida litvaliklarda katta qiziqish uyg‘otayotganligini qayd etdi.
Tomonlar turistlar oqimini oshirishda ikki mamlakatda ham tizimli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha hamfikr ekanliklarini bildirishdi.