“Uch baxtsizlik” va “Shiroq” spektakllari taqdimoti  bo‘lib o‘tdi

10 Jul, 2023 - 20:33
489
“Uch baxtsizlik” va “Shiroq” spektakllari taqdimoti  bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Aziz Nesinning “Ko‘rgulik” asari asosida F.Jumayev tomonidan sahnalashtirilgan “Uch baxtsizlik” hamda F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan N.Shodmonovning “Shiroq” spektakllarining taqdimoti  bo‘lib o‘tdi. 

Spektakllar taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi qoshida tuzilgan, Badiiy kengash a’zolari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, falsafa fanlari nomzodi Ma’mur Umarov hamda dotsent A.Abduxalilov, Qashqadaryo viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i I.Turayev, Filologiya fanlari doktori N.Shodmonovlar ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan spektakl haqidagi taklif va mulohazalari tinglandi. 

Spektakllar muhokamasi xulosasiga ko‘ra, N.Shodmonovning “Shiroq” spektakli premerasiga ruxsat berildi. A.Nesinning “Uch baxtsizlik” asari ustida biroz ishlagan holda tomoshabinga  namoyish etish taklifi berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash