“Uch baxtsizlik” va “Shiroq” spektakllari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
10 Jul, 2023 - 20:33
488
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Aziz Nesinning “Ko‘rgulik” asari asosida F.Jumayev tomonidan sahnalashtirilgan “Uch baxtsizlik” hamda F.Boynazarov tomonidan sahnalashtirilgan N.Shodmonovning “Shiroq” spektakllarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Spektakllar taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi qoshida tuzilgan, Badiiy kengash a’zolari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, falsafa fanlari nomzodi Ma’mur Umarov hamda dotsent A.Abduxalilov, Qashqadaryo viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i I.Turayev, Filologiya fanlari doktori N.Shodmonovlar ishtirok etdi. Mutaxassislar tomonidan spektakl haqidagi taklif va mulohazalari tinglandi.
Spektakllar muhokamasi xulosasiga ko‘ra, N.Shodmonovning “Shiroq” spektakli premerasiga ruxsat berildi. A.Nesinning “Uch baxtsizlik” asari ustida biroz ishlagan holda tomoshabinga namoyish etish taklifi berildi.