Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivaliga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda
08 Jul, 2023 - 16:45
518
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Avval xabar berganimizdek, Andijonning eng xushmanzara go‘shasi Xonobod shahrida shu yilning 18-20-iyul kunlari “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali bo‘lib o‘tadi.
Madaniyat va Turizm vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda, Xonobod shahrida festivalni yuqori darajada o‘tkazish, tashrif buyuruvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.
Shuningdek, Madaniyat va Turizm vazirligining tashkiliy va ijodiy ishchi guruh a’zolari festivalni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Festival bosh rejissyori Rustamjon Shamsutdinov, ijodiy guruh a’zolari bilan muloqot o‘tkazib, festivalga tayyorgarlikni ishlarini kelishib oldi.
Tayyorgarlik jarayonlari belgilangan reja va ssenariy asosida olib boriladi.