“Tushov uzgan tulporlar” spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi
08 Jul, 2023 - 13:21
527
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 7-iyul kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida Sharof Boshbekov qalamiga mansub, rejissyor Obid Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan “Tushov uzgan tulporlar” spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Spektakl taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar inobatga olingan holda tomoshabinlarga havola etishga ruxsat berildi.
Shuningdek yaqinda Moskvada bo‘lib o‘tgan yosh rejissyorlar laboratoriyasida ishtirok etib qaytgan Nigora G‘oyibnazarova va Obid Abfullayevlar alohida e'tirof etilib, kelajakdagi ijodlariga yuksak ishonch bildirildi.