Toshkent tumanida yangi «Madaniyat uyi» foydalanishga topshirildi

02 Jul, 2023 - 16:03
464
Toshkent tumanida yangi «Madaniyat uyi» foydalanishga topshirildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Toshkent tumanining «Qorasaroy» mahallasida yangi «Gulzor» Madaniyat markazi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olgan vazir O.Nazarbekov loyiha tashkilotchilari va quruvchilarga minnatdorlik izhor qildi:

"Avvalo «Qorasaroy» mahallasi aholisini shunday koʻrkam va zamonaviy markaz bilan muborakbod etaman. Umid qilamizki, bu markaz yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimizning eng sevimli maskaniga aylanadi.Turli toʻgaraklarda kasb-hunar oʻrganishadi, ijodiy salohiyati va iqtidorlarini roʻyobga chiqarishadi. Bunung uchun, avvalo haqiqiy madaniyat fidoiysi, san'atsevar hokim Zoir Toirovichga katta minnatdorlik bildiramiz."

140 oʻringa moʻljallangan madaniyat markazida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish uchun barcha shart-sharoit muhayyo qilingan. Shuningdek, bu yerda 10 dan ortiq madaniy toʻgaraklar, atelye faoliyat koʻrsata boshladi.

Markaz jamoasiga '"Damas" avtomobili sovgʻa qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash