32 nafar ijodkor yoshlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

30 Jun, 2023 - 20:31
1001
32 nafar ijodkor yoshlar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Bugungi kunda yangi O‘zbekiston yoshlariga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek umummilliy maqsadni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlari safarbar etilmoqda.

Joriy yilning 30 iyun kuni Madaniyat va turizm vazirligida, mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘zining ijodiy va intellektual salohiyati, tanlagan kasb yo‘nalishi hamda ijtimoiy hayotda erishgan muhim natijalari bilan madaniyat va san’at yo‘nalishida yurtimiz ravnaqiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, tengdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan faol hamda iste’dodli ijodkor yoshlarimizdan bir guruhi “Madaniyat va san’at” fidokori ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ijodkor yoshlarga mukofotlarni madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov tantanali ravishda topshirdi.

Quyida mukofotga sazovor bo‘lgan iste’dodli yoshlarimiz bilan tanishing:

USMONOV Shamsiddin – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Qo‘qon filiali professori
ZOKIRJONOV Bekzod – O‘zbekiston davlat drama teatri drama 2-toifali drama artisti. “Romeo va Juletta” spektaklidagi Romeo roli uchun
YUSUPOVA Aysanam – “O‘zbek qizi” badiiy filmidagi Jamila roli uchun. Kino aktrisa
ARABSHOYEVA Xurshida – “Diydor yoshlar eksprimental teatr-studiyasi” davlat muassasasining 1-toifali artisti
IBODOV Oxunjon – O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrining aktyori
MIRMINOV Rustam – Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
RAXMONOVA Nargizaxon – Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
MUXTOROV Lazizbek – Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
JUMANOVA Moxichehra – Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
NOROV Feruzbek – Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
ALIYEV Dostonbek – Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli xonandasi
RUZIBOYEV Doston – Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fond bo‘limi katta ilmiy xodimi, rassom
ALLABЕRGANOV Ollabergan – Toshkent viloyati, Zangiota tumani 13-son musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi, haykaltarosh
TURDIBЕKOVA Aruna – “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli raqqosasi
SAYFULLAYEVA Gulchehra – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo‘linmasi ashula va raqs ansamblida 2-toifali balet artisti
MIRZAYEVA Ravshanoy – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyat bo‘linmasi balet artisti
KURBANOVA Malika – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Chegara Qo‘shinlari Madaniy-hordiq ta’minot markaziy ashula va raqs ansambli raqqosasi
AXMADJONOVA Gulsanam – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli balet guruhi oliy toifali artisti
AVЕZOVA Sitora – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli balet guruhi oliy toifali artisti
ERGASHЕVA Muqaddam – “Navbahor” ashula va raqs ansambli balet artisti
KЕNJABOYEV Sherzod – “Navbahor” ashula va raqs ansambli balet artisti
QOSIMJONOVA Shaxnoza – “Tumor” raqs ansambli balet artisti
ERGASHЕVA Zarina – “Tumor” raqs ansambli balet artisti
POLATBAYEV Salamat – “Navro‘z” ashula va raqs ansambli balet artisti
OTAJONOVA Rayxona – “Navro‘z” ashula va raqs ansambli balet artisti
ERGASHOVA Xushnazoy – M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat muassasasi ikkinchi toifali balet artisti
KAMOLXODJAYEVA Shukrona – M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat muassasasi ikkinchi toifali balet artisti
DO‘STMATOVA Mushtariy – “Shodlik” ashula va raqs ansambli 1-toifali balet artisti
MATCHANOVA Shahnoza – “Shodlik” ashula va raqs ansambli 2-toifali balet artisti
GAZIZOV Laylo – “Lazgi” ashula va raqs ansambli balet artisti
ILHAMOV Iskandar – “Lazgi” ashula va raqs ansambli balet artisti
AXMЕDOVA Sitora – “Toshkent zebolari” ashula va raqs ansambli balet artisti

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash