“Sayohat barcha uchun!”: bir guruh qoraqalpog‘istonliklar Samarqandda
29 Jun, 2023 - 22:13
406
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Bugun, 29-iyun kuni, “Sayohat barcha uchun!” loyihasi doirasida Samarqandga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 150 nafar mehmon keldi.
Sayohat turizm qishlog‘i va Silk Road Samarkand turistik markazining “Boqiy shahar” majmuasiga davom etadi.
29-iyundan 5 iyulga qadar 600 dan ortiq qoraqalpog‘istonliklarning Samarqandga tashrifi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Madaniyat va turizm vazirligining “Sayohat barcha uchun!” ijtimoiy loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun sayohatlar tashkil etilmoqda.