Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatga katta chegirmalar eʼlon qilindi

24 Jun, 2023 - 13:54
740
Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatga katta chegirmalar eʼlon qilindi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Maʼlumki, shu yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan asrlar davomida xalqimizga xos mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni namoyon etib kelayotgan Qurbon hayitini mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida tegishli qarorni qabul qildi.

Qarorga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan xalqimizga yana 5 kunlik dam olish berilishi alohida qayd etildi. Madaniyat va turizm vazirligi qator davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda aholining ushbu bayram munosabati bilan dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazishi uchun mamlakat bo‘ylab maxsus chegirmalar e’lon qilindi.

Madaniyat va turizm vazirligi hamda qator davlat tashkilotlari tomonidan aholining ushbu bayram munosabati bilan dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazishi uchun mamlakat bo‘ylab maxsus chegirmalar e’lon qilindi.

Qurbon hayiti munosabati bilan 5 kun, ya’ni 28-iyun – 2-iyul kunlari davomida:

1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bayram munosabati bilan 2023-yil 28-iyun – 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50 foiz chegirma joriy qilindi.

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Qurbon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 26-iyun kunidan 3-iyul kunigacha “Toshkent – Qarshi – Toshkent”, “Samarqand – Toshkent – Samarqand” hamda “Toshkent – Namangan – Toshkent” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash