Namanganda madaniyat va turizm vaziri о‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

23 Jun, 2023 - 18:42
544
Namanganda madaniyat va turizm vaziri о‘rinbosari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Joriy yilning 23-iyun kuni Namangan viloyatida О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri о‘rinbosari Murodjon Madjidov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi xodimlari, shahar va tuman bo‘lim boshliqlari hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qolaversa, madaniyat va san’at muassasalarini ta’mirlash, moddiy texnik bazasini mustahkamlash bо‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar haqida tо‘xtalib o‘tildi.

Murojaatlar asosida sohada yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi va chora-tadbirlar belgilanib, mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash