“Dirijor, rejissor, baletmeysterlar” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi
21 Jun, 2023 - 13:20
613
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-20-iyun kunlari o‘tkazildi ikki bosqichda, ikki guruhda o‘tkazildi.
Mazkur tanlov opera va balet san’atini yanada yuksaltirish, dirijor, rejissor va baletmeysterlarni kashf etish, ularning iste’dodi va qobiliyatini namoyon etish, ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, yosh ijodkorlarni yuksak darajaga ko‘tarish, milliy san’atimizni dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ularning ijodini keng targ‘ib qilish, opera va balet san’atida ijod qiluvchilarning imkoniyatlarini hamda kasb mahoratini oshirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ommani tanishtirish maqsadida har yili iyun oyida o‘tkazilishi belgilangan.
Umumiy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan hakamlar hay’ati qaroriga asosan, ikkala guruhda ham tanlovning 1-, 2-, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlandi.
2-guruhda umumiy ball natijalari teng bo‘lib qolganligi sababli, hakamlar hay’ati a’zolari qarori bilan 3-o‘rin ikki ishtirokchi o‘rtasida teng bo‘lindi.
Tanlov g‘oliblari maxsus diplom hamda tegishli miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-guruh:
1-o‘rin – Tadjiboyev Dilmurod – 12 mln. so‘m
2-o‘rin – Karabayev Abdumajit – 9 mln so‘m
3-o‘rin – Radjabov Suxrob – 6 mln. so‘m
Rag‘batlantiruvchi diplom – Kamalova Nursulu
Rag‘batlantiruvchi diplom – Qayumova Zamira
2-guruh:
1-o‘rin – Bekmuratova Gulayim – 12 mln. so‘m
2-o‘rin – Sadinov Sardor – 9 mln so‘m
3-o‘rin – Abdullayev Sherxan – 3 mln. so‘m
3-o‘rin – Turapova Sitora – 3 mln. so‘m