“Halima” spektakli taqdimoti boʼlib oʼtdi
17 Jun, 2023 - 23:51
635
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Kuni kecha Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali teatrida “Halima” spektakli taqdimoti boʼlib oʼtdi.
Gʼulom Zafariy muallifligi, Rashid Usnatov rejissyorligida sahnalashtirilgan spektakl taqdimotida Madaniyat va turizm vazirining oʼrinbosari Bahodir Аhmedov hamda soha mutaxassislari ishtirok etishib, yangi sahna asari yuzasidan oʼz fikr-mulohaza hamda takliflarini bildirishdi.
Spektakl ijodkorlari tomonidan bildirilgan fikr, taklif va tavsiyalar asosida mavjud kamchiliklar bartaraf etilgandan soʼngg teatr repertuariga kiritilishi taʼkidlandi.