“Turizm: taʼlim va amaliyotning integratsiyasi” mavzusida hamkorlik forumi o‘tkazildi

12 Jun, 2023 - 11:35
452
“Turizm: taʼlim va amaliyotning integratsiyasi” mavzusida hamkorlik forumi o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2023-yil 29-mart kuni mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida mas’ullarga bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda “Turizm: taʼlim va amaliyotning integratsiyasi” mavzusida hamkorlik forumi o‘tkazildi.

Tadbirda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari U.Azamov, turistik tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot va  ijtimoiy tarmoq vakillari, blogerlar ishtirok etdi. 

Mazkur konferensiya TDIU uchun mutaxassislar bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a, Taxtako’pir va Xo’jayli tumanlarining turistik salohiyatini oshirish borasida fikr almashish va kelishuvlarga erishish imkoniyatini berdi. Xususan, 14 ta turistik firmalar rahbarlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash