"Pakhlavon Makhmud - Strongmen Games" III xalqaro turniri o'z nihoyasiga yetdi
11 Jun, 2023 - 17:48
418
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Turnir yakuniy natijalariga ko'ra, Eronlik Reza Gheitasi oliy 1- o'rinni, Litvalik Didzis Zarins 2 - o'rinni, Ukrainalik Pavlo Nakonechnyy esa 3 - o'rinni egalladi.
Pahlavon Mahmud yurtida o'tkazilgan mazkur turnirda 17 davlatdan atletlar hamda boshqa xorijiy mamlakatlaridan mehmonlar qatnashdi. Ishtirokchilar qo'qon arava, sangijumon toshlari, obkach, muynoq langari, tosh ko'tarish, Xiva ustunlari, qilich ko'tarish shartlari bo'yicha kuch sinashdi.
Turnir g'olibiga 5000$, 2- o'rin sohibiga 3000$, 3- o'rin sohibiga 1000$ miqdoridagi pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.