Tayinlovlar amalga oshirildi
10 Jun, 2023 - 22:34
827
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 10-iyun kuni Namangan viloyati musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Bahodir Axmedov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Namangan viloyati musiqali drama teatri bosh rejissori etib Yulchiboyev Elmurodjon Kamoliddin o‘g‘li, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati bo‘linmasiga Ergashev Orifjon Abduraxim o‘g‘li direktor lavozimiga tayinlandi.