Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida “Zebuniso” spektakli topshirildi
09 Jun, 2023 - 23:17
486
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 9-iyun kuni Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida Uyg‘un qalamiga mansub, Shuhrat Sanaqulov tomonidan sahnalashtirilgan tarixiy drama janridagi “Zebuniso” spektakli topshirildi. Spektakl taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Bahodir Axmedov hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Spektaklning ba’zi kamchiliklari bartaraf etilgan holda premyera qilinishiga ruxsat berildi.
Shuningdek, Bahodir Axmedov boshchiligidagi soha mutaxassislari Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida ham bo‘lishdi hamda V.Maslov qalamiga mansub, Mardon Asqarov tomonidan sahnalashtirilgan “Qarg‘ildoq” spektaklini tomosha qilishdi. Muhokama natijasiga ko‘ra, “Qarg‘ildoq” spektaklining qayta topshirilishi belgilandi.
Spektakllar namoyishi davomida Farg‘ona viloyati rus drama teatrida Hamida Mahmudova tomonidan sahnalashtirilgan A.P.Chexovning “Medved” va “Yubiley” asarlari soha mutaxassislari tomonidan qabul qilindi va premera qilinishiga ruxsat etildi.
Ayni damda Bahodir Axmedov boshchiligidagi mutaxassislar Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida A.Oripov asari asosida sahnalashtirilgan “Jannatga yo‘l” spektaklini tomosha qilishmoqda.