Fransiyaning turizm yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

06 Jun, 2023 - 23:46
565
Fransiyaning turizm yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Bugun, 6-iyun kuni Madaniyat va turizm vazirligi rasmiylari hamda Fransiyaning Turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash uyushmasi (CFET) bosh kotibi – Anne Massikot Kerlok, Fransiyaning Turizmni rivojlantirish instituti (IFDT) rahbari – Vinsent Fayol, Fransiya Turizm bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari instituti vakili – Jan Mishel Shapyu va Fransiyaning “Y SCHOOLS” oliy ta’lim muassasasi xalqaro aloqalar direktori – Antuan Gilme bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida Fransiyaning Ducasse maktabi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining  Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi turizm texnikumlari bilan restoran biznesi hamda kulinariya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.

Shuningdek, Fransiyaning Turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash uyushmasi (CFET) bilan hamkorlikda 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab turizm sohasida magistraturada ta’lim olish uchun o‘zbekistonlik talabalar uchun alohida kvotalar ajratish, talabalar va pedagoglar uchun o‘zaro stajirovkalarni tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash