O‘zbekiston va Qatar davlati hukumati o'rtasida Madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi

06 Jun, 2023 - 17:44
489
O‘zbekiston va Qatar davlati hukumati o'rtasida Madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston va Qatar davlati hukumati o'rtasida Madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatda o‘zaro madaniy tadbirlar dasturlarini almashish; yangi axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda madaniyat sohasida, ayniqsa, san’at sohasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish; madaniyat sohasida o‘zaro manfaatli ma’lumotlar, masalalar, fotosuratlar va madaniy bukletlar almashish; madaniy harakat va uning rivojlanishi bilan bog‘liq barcha sohalarda hamkorlik qilish; yangi nashr etilgan madaniyat, san’at va adabiy asarlarni boshqa Ishtirokchining tiliga tarjima qilishni rag‘batlantirish; madaniyat haftalari va san’at ko‘rgazmalarini tashkil etish, shuningdek, musiqa, teatr va badiiy jamoalarning tashriflarini almashish orqali madaniy hamkorlikni rivojlantirish belgilab qo‘yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash