OʼZBEKISTON — OZАRBАYJON

19 Oct, 2021 - 18:00
747
OʼZBEKISTON — OZАRBАYJON

Madaniy uchrashuv

Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Ozarbayjon Madaniyat qoʼmitasi raisi, Milliy Majlis deputati, Oʼzbekiston-Ozarbayjon doʼstlik jamiyati aʼzosi Ganira Pashaeva, Ozarbayjon xalq artisti Gulyanag Mamedova va boshqa delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi.

Muzokara chogʼida, oʼzbek milliy maqomi va Ozarbayjon mugʼom sanʼatini oʼrganish yuzasidan tadqiqot ishlari olib borayotgan olimlari bu ikki sanʼatning qayerda tutashganligini aniqlab, bir-biriga yaqin jihatlari, oʼxshash tomonlarini oʼrganib chiqib, har ikki davlatda targʼib qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga sanʼatkorlar va maqom sanʼatidan dars beruvchi oʼqituvchilarning hamkorligini yoʼlga qoʼyish masalasi muhokama etildi.


 Shuningdek, uchrashuv chogʼida har ikki davlatda bir-birining sanʼatini targʼib qiluvchi kutubxona tashkil etish taklifi bildirildi. 
Samimiy ruhda boʼlib oʼtgan uchrashuv davomida har ikki tomon uchun ham soha rivojiga xizmat qiluvchi samarali takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash