Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi

03 Jun, 2023 - 14:26
639
Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohadagi 10 ta madaniy meros obyektlarida dunyoning yetuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini jalb qilib, o‘rganish ishlarini olib borish topshirig‘i berilgan. Bugungi kunda topshiriqqa asosan viloyatning turli manzillarida arxeologik qazishma va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shulardan biri bo‘lgan “Jarqo‘ton” yodgorligi 4000-yillik tarixga ega, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan eng qadimgi shahar hamda O‘rta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanadi. Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, O‘rta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib o‘rganilgan. 

Bugungi kunda O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash