Jizzaxda Madaniyat markazi xodimlari uchun seminar trening boʻlib oʻtdi
03 Jun, 2023 - 14:05
540
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Joriy yilning 2-iyun kuni Jizzax viloyati Forish tumani 30-sonli madaniyat markazida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Madaniyat markazi xodimlari uchun seminar trening boʻlib oʻtdi.
Dastlab seminar ishtirokchilari karnay-surnay sadolari va "Bogʻdon" folklor etnografik xalq ansambli ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar bilan tantanali kutib olindi va madaniyat markazidagi "Forish oʻlkashunoslik muzeyi", kutubxonalar, qoʻgʻirchoqsozlik studiyasi, ovoz yozish studiyasi, ijro intizomi va hujjatlar shuningdek toʻgaraklar va badiiy jamoalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi va Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish metodik markazi mutaxassislari vazirlikning joriy yil 16-fevralda qabul qilingan 34-sonli buyrugʻi yuzasidan tushuncha va maʼlumotlar berib oʻtdi.
Seminar yakunida tuman badiiy havaskorlari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.