Dolzarb mavzudagi zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari tanlovi e’lon qilinadi
01 Jun, 2023 - 23:47
707
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi hamda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi dolzarb mavzudagi zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari tanlovini e’lon qiladi
Tanlovga taqdim qilinadigan dolzarb mavzulardagi zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari quyidagi yo‘nalish va mavzularda:
- aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-g‘oyaviy yetuk;
- favqulodda holatlarda insoniylik jasorati va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan zamonamiz qahramonlari;
- olimlar, harbiylar, ichki ishlar, san’atkorlar, shifokorlar, o‘qituvchilar, sportchilar, quruvchilar, yosh ixtirochilar;
- sahovatpesha tadbirkorlar, fermerlar, dehqonlar, cho‘ponlar;
- diniy ekstremizm, odam savdosi, migratsiya, OITS;
- bugungi kun muammolari va yutuqlari, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar aks etgan davrimizning ilg‘or ayollari hayoti aks etgan, millatlararo bag‘rikenglik, vatanparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, sog‘lom-turmush tarzini targ‘ib qilish, ona vatanni keng o‘rganishga va sayyohlarni jalb qilishga yo‘naltirilgan, insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan, yoshlarga ibrat bo‘ladigan zamonamiz qahramonlari hayoti aks etgan hamda dolzarb mavzulardagi zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalari bo‘lishi zarur.
Asarlar Madaniyat va turizm vazirligiga ariza orqali taqdim etiladi.
Taqdim etiladigan asar o‘zbek tilida, 2 nusxada (elektron varianti bilan), kompyuterda A4 formatda, 1,5 interval, 14 shriftda ko‘chirilgan bo‘lib, zamonaviy dramatik, musiqali dramalar 30-35 sahifadan, qo‘g‘irchoq pesalar esa 15 sahifadan kam bo‘lmasligi zarur. Tanlovda yoshidan qat’iy nazar, barcha ijodkorlar dramaturgiyaning zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pyesalar bilan ishtirok etishi mumkin.
Asar belgilangan tartibda yuborilmasa, murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Taqdim qilingan asarlar mualliflarga qaytarilmaydi!
Barcha asarlar nufuzli hay’at a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tanlov g‘oliblari dolzarb mavzulardagi 3 ta yo‘nalish (zamonaviy dramatik, musiqali drama va qo‘g‘irchoq pesalari) bo‘yicha mukofotlanadi:
1-o‘rin (zamonaviy dramatik asarlar yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 32 barobari;
1-o‘rin (musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 32 barobari;
1-o‘rin (qo‘g‘irchoq pesa yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari;
2-o‘rin (zamonaviy dramatik asar yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari;
2-o‘rin (musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 30 barobari;
2-o‘rin (qo‘g‘irchoq pesa yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 29 barobari;
3-o‘rin (zamonaviy dramatik asar yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 29 barobari;
3-o‘rin (musiqali drama yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 29 barobari;
3-o‘rin (qo‘g‘irchoq pesa yo‘nalishi bo‘yicha jami 1ta) haq to‘lashning eng kam miqdorining 28,1 barobarida
Tanlovga ijodiy ishlar 2023 yilning 1 sentyabriga qadar qabul qilinadi va baholash komissiyasi tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, g‘oliblar e’lon qilinadi.
Asarlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Repertuar siyosati bo‘limiga yuboriladi.
Tashkiliy qo‘mita: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Repertuar siyosati bo‘limi Tel.: 55 502-33-77 (ichki raqam – 650,651)
Manzil:Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B-uy.