Bayram tuhfasi: Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri ochildi

01 Jun, 2023 - 19:20
556
Bayram tuhfasi: Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri ochildi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan navoiylik bolajonlar uchun ajoyib sovg'a tayyorlandi.

Bugun, 1-iyun kuni, Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatrning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Ahmedov, Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari S.Mirzaev, shuningdek, respublikada mavjud qo‘g‘irchoq teatrlari direktorlari, keng jamoatchilik vakillari va ziyolilari ishtirok etdi.

Tadbirda so'z olgan B.Ahmedov yig'ilganlarni ushbu teatrning ochilishi bilan qutlab, "Navoiy viloyati madaniy hayotidagi bu voqeilik muhim ahamiyatga ega. Endi navoiyliklarning o'z qo'girchoq teatri bor. Umid qilamizki, bu dargohda yaratiladigan san'at asarlari kelajak avlodlarimizning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qiladi", deya ta'kidladi vazir o'rinbosari.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash