Orol dengizi bo‘ylab o‘tkazilgan “Rally Muynak” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

30 May, 2023 - 11:34
772
Orol dengizi bo‘ylab o‘tkazilgan “Rally Muynak” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)

Xabaringiz bor, joriy yilning 25-28-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrida xalqaro “Rally Muynak” ekstremal sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa avtomobillar, baggi va motopoyga bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasida tashkil etilib, unda jami 8 mamlakatdan 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Asosiy musobaqalar Orol dengizining qurigan tubida – Ustyurt tekisligi bo‘ylab tashkil etilib, unda sportchilar bor mahoratlarini ishga solgan holda 100 mln so‘mni tashkil etuvchi g‘oliblik mukofoti uchun kurash olib borishdi.

Yakunda dvigatel hajmi 1600 sm3 bo‘lgan avtomobillarda kurash olib borganlar orasida Toshkent shahri vakillari 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin jizzaxlik sportchilarga, 3-o‘rin qashqadaryolik sportchilarga nasib etdi.

Dvigatel hajmi 2000 sm3 bo‘lgan maxsus uskunalangan sport avtomobillarida o‘tkazilgan musobaqalarda ham poytaxtliklar tengsiz ekanligini isbotlashdi. 2-o‘rin uchun andijonlik ota-bola sportchilar, 3-o‘rin uchun samarqandlik sportchilar taqdirlanishdi.

Shu o‘rinda tadbir jarayonlarini xorijda va mahalliy OAVlarda keng targ‘ib etish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan jurnalistlar va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash