“Havaskor ijodkor yoshlar teatr-studiyalari” koʼrik-festivali oʼtkaziladi
17 May, 2023 - 19:52
568
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ular ijodini keng ommaga namoyon etish hamda jahon va oʼzbek teatr sanʼatiga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 22-26-may kunlari Respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida “Havaskor ijodkor yoshlar teatr-studiyalari” koʼrik-festivali boʼlib oʼtadi.
Mazkur koʼrik-festivalda madaniyat va sanʼat yoʼnalishidagi respublika kollejlari hamda ixtisoslashtirilgan sanʼat
va madaniyat maktablari oʼquvchilari oʼzlarining musiqali drama yoki drama janriga oid spektakllari bilan ishtirok etadi.
Ishtirokchilar bir hafta maboynida 10 ta nominatsiya boʼyicha oʼz mahoratlarini namoyish etadilar.
Koʼrik-festival gʼoliblari diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanadi.