“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivaliga bag'ishlangan Matbuot anjumani bo'lib o'tdi
17 May, 2023 - 16:40
1167
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi (Axborot xizmati)
Festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ–112-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-apreldagi 235-son qarorlari asosida o‘tkazilmoqda.
Festivalni tashkil etilishidan maqsad teatr san’ati sohasida halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarini, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, yagona madaniyat platformasini shakllantirish, teatr san’ati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirib, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr san’ati namoyondalarini birlashtirishdan iborat.
Festival doirasida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjondan teatr jamoalari hamda respublikamiz teatr jamoalarining spektakllari namoyish etiladi. Shuningdek Sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilgan.
22-may kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida festival ochilishi oldidan “Adolat fasli” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tadi.
23-may kuni G.Musrepov nomidagi Qozog‘iston davlat bolalar va o‘smirlar teatrining “Karagoz” spektakli va Turkiya Eski shahar mustaqil teatrining “Qaytish” spektakllari namoyish etiladi.
24-may kuni Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Voyna” va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Qorqit” spektakllari namoyish etiladi.
25-may kuni V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatrining “Ispoved Omara Xayyama”va O‘zbekiston davlat drama teatrining “Romeo va Juletta” spektakllari namoyish etiladi.
26-may kuni B.Kidikeeva nomidagi Qirg‘iz davlat yoshlar teatrining “Umut” va Minsk shahar yangi drama teatrining “Varshavskaya melodiya” spektakllari namoyish etiladi.
27-may kuni Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi yosh tomoshabinlar teatrining “Noch i popugay” va Sankt-Peterburg Vasilev orolchasi davlat drama teatrining “Varshavskaya melodiya” spektakllari namoyish etiladi.
Namoyish etilgan spektakllar turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Ekspertlar guruhi xulosasiga ko‘ra, festival ishtirokchilari diplom (sertifikat), statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
28-may kuni A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida davra suhbati, kofe-breyk, so‘ngra “Turkiston” san’at saroyida festivalning yopilish va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.