“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkaziladi

15 May, 2023 - 14:11
842
“Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkaziladi

Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xiuzmatlari)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 2 fevraldagi PQ–112-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yevroosiyo xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 23 apreldagi 235-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan “Yevroosiyo” xalqaro teatr san’ati festivali o‘tkazilmoqda.

Festivalni tashkil etilishidan maqsad teatr san’ati sohasida halqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarini, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, yagona madaniyat platformasini shakllantirish, teatr san’ati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirib, madaniy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish hamda teatr san’ati namoyondalarini birlashtirishdan iborat.

Festival doirasida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belorusiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjondan teatr jamoalari hamda respublikamiz  teatr jamoalarining spektakllari namoyish etiladi. Shuningdek Sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilgan.

Jumladan:
22
-may kuni O‘zbek Milliy akademik drama teatrida festival ochilishi oldidan matbuot anjumani, so‘ngra “Adolat fasli” spektakli namoyishi;

23-may kuni G.Musrepov nomidagi Qozog‘iston davlat bolalar va o‘smirlar teatrining “Karagoz” spektakli va Turkiya Eski shahar mustaqil teatrining “Qaytish” spektakllari;
24-may kuni Ozarbayjon davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Voyna” va Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining “Qorqit” spektakllari;
25-may kuni V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatrining “Ispoved Omara Xayyama”va  O‘zbekiston davlat drama teatrining “Romeo va Juletta” spektakllari;
26-may kuni B.Kidikeeva nomidagi Qirg‘iz davlat yoshlar teatrining “Umut” va Minsk shahar yangi drama teatrining “Varshavskaya melodiya” spektakllari;
27-may kuni Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi yosh tomoshabinlar teatrining “Noch i popugay” va Sankt-Peterburg Vasilev orolchasi davlat drama teatrining “Varshavskaya melodiya” spektakllari namoyish etiladi. Shundan so‘ng spektakllar turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, festival ishtirokchilari diplom (sertifikat), statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Mazkur festivalning taqdirlash morisimi 28-may kuni“Turkiston” san’at saroyida festivalning bo‘lib o‘tadi.             

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash