Qashqadaryoda "Ethno and modern fashion week" xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda
12 May, 2023 - 11:29
534
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan joriy yilning 11-13 may kunlari Qashqadaryo viloyati bo‘ylab "Ethno and modern fashion week" xalqaro festivali hamda etnosport o‘yinlari, gastronomik festival, milliy hunarmandlik va zargarlik yarmarkasi tashkil etiladi.
Ayni damda Shahrisabz shahrida tashkilotchilar, xorijlik va mahalliy dizaynerlar ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.