O‘zbekiston davlat drama teatrida “Sadoqat” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi
10 May, 2023 - 15:00
464
Jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmati)
O‘zbekiston davlat drama teatrida 9 may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Jo‘ra Mahmudov qalamiga mansub “Sadoqat” spektakli namoyish etildi.
Ushbu spektaklda bosh rolni ijro etgan ustoz sanʼatkor, yetakchi sahna ustasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Madina To‘xtayeva o‘zining muborak 75 yoshini tomoshabinlar bilan birga nishonladi.
Spektakldan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Bahodir Аhmedov hamda vazirlikning Sanʼatni rivojlantirish boshqarma boshlig‘i Bahrom Usmonov aktrisani tavallud kuni bilan qutlab, ustoz aktrisaga “Madaniyat va sanʼat fidokori” ko‘krak nishonini taqdim qilishdi.
Shuningdek, teatrning Badiiy rahbari va bosh rejissori Olimjon Salimov, O‘zbekiston xalq artistlari Elyor Nosirov hamda Dilbar Ismoilova Madina To‘xtayevani qutlug‘ 75 yoshi bilan tabriklab, ezgu niyatlar bildirishdi.