Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

19 Apr, 2023 - 12:31
558
Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Axborot va matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida AQSHning “Tinchlik korpusi” ekspertlaridan iborat baholash missiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda vazirlikning Taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boshqarmasi hamda Xalqaro hamkorlik va reytinglar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi va tegishli xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda madaniyat va turizm sohasida hududlarni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan loyihalarga alohida toʻxtalib oʻtildi. Taʼlim muassasalari faoliyati boʻyicha oʻzaro fikr almashildi. Qolaversa, madaniyat va turizm sohasidagi taʼlim muassasalarida xorijiy tillarga boʻlgan talab boʻyicha ham mulohazalar  bildirildi.    

Shuningdek, uchrashuv mobaynida “Tinchlik korpusi” faoliyatini Oʻzbekistonda qayta boshlash maqsadga muvofiqligini baholash, xususan, volontyorlarning Oʻzbekistonda boʻlishi bilan bogʻliq sharoitlarni oʻrganish rejalashtirilganligi ham taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi. Madaniyat va turizm sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtildi. 

Suhbat yakunida delegatsiya aʼzolari uchrashuv yuzasidan oʻz minnatdorligini bildirdi.    

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash