Kosonsoyda yana bir madaniyat markazi foydalanishga topshirildi
11 Apr, 2023 - 12:37
490
Axborot va matbuot xizmati
Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Uchqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kapital taʼmirlangan Madaniyat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov, Namangan viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Siddiqov, madaniyat sohasi xodimlari, mahalla nuroniylari, yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda Madaniyat markazi xalqimizning madaniy hordiq chiqarishi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy sohada qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim olishlari uchun xizmat qiladi.
“Uchqo‘rg‘on”, “Shirinbuloq”, “Zamondosh” mahallalaridagi 22 mingdan ortiq aholiga xizmat qiladigan mazkur markaz Respublika mablag‘lari hisobidan 3 milliard 658 million so‘m mablag‘lar ajratilib ko‘rkam va muhtasham binoga aylandi.
Yangi ko‘rinish kasb etgan markazda bugun 300 o‘rinli tomoshalar zali, 10 dan ortiq mashg‘ulot xonalari mavjud bo‘lib, viloyat hokimligi tomonidan 180 million so‘mlik musiqa asboblari bilan jihozlandi.