Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

29 Mar, 2023 - 17:26
554
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Bugun madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari B.Axmedov Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)  bosh kotibi Sultan Rayev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, madaniyat, tashqi va ichki turizm hamda joriy yil davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan baxshi, jirov, oqinlarni xorijiy gastrol safarlarini tashkil etish, xalqaro tadbir, forum va festivallarda Turksoyning doimiy ishtiroki va hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Qolaversa, 2023-yil iyun oyida otkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY)ning 30 yillik yubileyiga tayyorgarlik korish, Ozbekitonda ham yuqori saviyada otkazish borasida fikrlar almashildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash