“Bahor nafasi” madaniy tadbiriga marhabo
14 Mar, 2023 - 14:38
799
Axborot va matbuot xizmati
Diqqat, eʼlon!
Qadrli yurtdoshlar va shahrimiz mehmonlari!
Sizlarni, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan “Bahor nafasi” madaniy tadbiriga taklif etamiz.
Bayram dasturlari poytaxtimizning har bir hududida:
Bektemir tumani Madaniyat markazi oldi maydoni
Mirobod tumani “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani “Lokomativ” madaniyat va istirohat bog‘i
Sergeli tumani “Yangi Sergeli” madaniyat va istirohat bog‘i
Olmazor tumani Beruniy metrosi yonidagi ochiq maydonda
Uchtepa tumani “Seul Eco park” madaniyat va istirohat bog‘i
Chilonzor tumani "Magic City" hamda G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Shayxontohur tumani “Anhor Lokomativ” madaniyat va istirohat bog‘i
Yunusobod tumani “Amir Temur” sayilgohi (Broadway)
Yashnobod tumani “Ashxobod” saylgohi
Yakkasaroy tumani “Moviy gumbazlar” saylgohi
Yangihayot tumani “Green park” madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Unda taniqli xonandalar, aktyor va aktrisalar, sirk ustalari tomonidan ko‘ngilochar va badiiy chiqishlar namoyish etiladi.
Bayram tadbirlari 13-martdan 22-martgacha har kuni, 23-martdan 15-aprelga qadar haftaning har shanba va yakshanba kunlari soat 18.00 dan 21.00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni bayram dasturida kutib qolamiz.