“75- Mandorlo in fiore” jahon xalqlari madaniyati va folklor festivali yakuniga yetdi

13 Mar, 2023 - 10:35
526
“75- Mandorlo in fiore” jahon xalqlari madaniyati va folklor festivali yakuniga yetdi

Axborot va matbuot xizmati

Italiya Respublikasining Agrijento shahrida “75- Mandorlo in fiore” jahon xalqlari madaniyati va folklor festivali  bo‘lib o‘tdi.

Festivalda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Navro‘z” ashula va raqs ansambli jamoasi hamda O‘zbekiston xalq artisti G.Mamazoitovalar ishtirok etdi.

40 ga yaqin davlatdan 1000 ga yaqin ishtirokchilar 3 nominatsiya  “Eng yaxshi musiqiy ko‘rinish”, “Eng yaxshi milliy liboslar”, “Eng yaxshi raqs namoyishi” yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Quvonarlisi, yurtdoshlarimiz o‘z chiqishlari, milliy raqs va liboslari bilan festivalning eng namunali guruhi sifatida Gran pri hamda “Oltin ibodatxona” maxsus mukofoti, “Jurnalistlar eʼtirofi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Mazkur festival Italiyaning Sitsiliya viloyati Agrijento shahrida har yili o‘tkaziladigan festival bo‘lib, joriy yilda karantin cheklovlaridan so‘ng ilk marotaba o‘tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash