Yurtimiz boʻylab avto-moto sayohat ekspeditsiya tashkil etiladi

12 Mar, 2023 - 10:05
839
Yurtimiz boʻylab avto-moto sayohat ekspeditsiya tashkil etiladi

Axborot va matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Oʻzbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi hamda Dunyo boʻylab telekanali bilan hamkorlikda mamlakatimizning jozibador turizm salohiyatini, hududlarning tarixi, madaniyati, urf-odati va qadriyatlarini keng targ‘ib etish maqsadida joriy yil davomida yurtimizning barcha mo‘jizakor turistik maskanlari boʻylab avto-moto sayohat ekspeditsiya chellenji boʻlib oʻtadi.
 
Chellenj doirasida “21-mart - Navro‘z umum xalq bayrami” munosabat bilan 19-21 mart kunlari Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Arnasoy tumanlarining bo‘ylab sayohat ekspeditsiyasi tashkil etish koʻzda tutilgan. 
 
Asosiy maqsad  esa yurtdoshlarimiz orasida jamoaviy va mustaqil ravishda sayohatga chiqishni targʻib qilish, turizm madaniyatini shakllantirish, ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash