Navro‘z – tinchlik, totuvlik va farovonlik bayrami
11 Mar, 2023 - 14:50
585
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat va turizm vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining tashabbusi bilan “Madaniyat karvoni” shaklida Navroʻz umumxalq bayrami va sumalak sayllari boʻlib oʻtmoqda.
Binobarin, joriy yilning 2–9-mart kunlari viloyatining Yangiyo‘l, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Toshkent, Bekobod, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Ohangaron, Angren, Olmaliq kabi tuman va shahar madaniyat va sanʼat maskanlarining ochiq maydonlari, markaziy maydon va oʻyingohlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, markaziy koʻcha va hiyobonlar, yangidan barpo etilgan va taʼmirlangan madaniyat markazlari hamda madaniyat va sanʼat saroylarida tashkil etildi.
Tadbirlarda madaniyat va sanʼat namoyondalari, jumladan, teatr aktyorlari, anʼanaviy qoʻshiq ijrochiligi vakillari, estrada xonandalari, badiiy va folklor jamoalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari hamda xavaskorlik guruhlar ishtirok etib, viloyat aholisiga bayramona kayfiyat bagʻishladi.