Navoiyda go‘zallik va nafosat ayyomi nishonlandi
08 Mar, 2023 - 14:25
445
Axborot va matbuot xizmati
Bugun Navoiy shahridagi “Oqsaroy” tantanalar uyida Navoiy viloyati hokimligi tomonidan bahorning ilk bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom – xalqimizga xos olijanob qadriyat” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida viloyat rahbari Normat Tursunov so‘zga chiqib, viloyatning barcha go‘zalllik va nafosat olami sohibalarini bayram bilan qutladi.
- Jamiyat hayotining har sohasida xotin-qizlarimiz o‘rni, ularning faolligi ilg‘am qadamlar bilan yuksalib bormoqda, - dedi viloyat rahbari N. Tursunov.
Qolaversa, Madaniyat va turizm boshqarmasi qoshidagi na’munali maqom ansanbili hamda viloyatning taniqli san’atkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Ijro etilgan dilbar taronalar, kuy-qoʻshiq va raqslar, modalar ko'rgazmasi yigʻilganlarga bayram kayfiyatini ulashib, tadbirga fayz bagʻishladi.