Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!

08 Mar, 2023 - 14:20
489
Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!

Axborot va matbuot xizmati

Bugun ayollarimiz har jabhada faol. Fan-talim, san'at, tibbiyot, sport, tadbirkorlik, huquqni muhofaza qilish, qo‘yingki, barcha sohalarda xotin-qizlarimiz o‘z bilimi va salohiyati bilan yuqori natijalarga erishmoqda. Bu esa davlatimiz tomonidan ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganining natijasidir.  


8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati ko‘plab ayollarimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida sohamizda xizmat qilib kelayotgan bir qator opa-singillarimizning borligi bizni xursand qildi.

 

Jumladan,  O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi Aziza Begmatova hamda  Qo‘qon shahridagi «Qo‘qon yor-yori» ashula va raqs fol'klor-etnografik ansambli musiqa rahbari Nadira Mazaxidova «Mehnat shuhrati» ordeni, Guliston shahridagi «Do‘stlik» madaniyat markazi xoreografi Aybatsha Aytbagambetova «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanishgan bo‘lsa, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi Dilnoza Artikova «Shuhrat» medaliga munosib ko‘rildi. 

Shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutining 4-bosqich talabasi  Feruza Abdukarimova esa Zul'fiya davlat mukofoti sohibasi bo‘ldi.

O‘z isti'dodi, intilishi, bilim va salohiyati bilan boshqalarga namuna bo‘ladigan 28 nafar qizlarimiz mana shu mukofot bilan taqdirlandi. 

Ular ulkan islohotlarimiz asoschisi bo‘lishi va  mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda beqiyos xizmat qilishiga ishonaman. Bu yo‘lda barchangizga kuch-g‘ayrat va shijoat tilayman.

Muvaffaqiyatli odimlaringiz bardavom bo‘lsin!

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat va turizm vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash