Aziz va muqaddassan ayol

06 Mar, 2023 - 10:30
518
Aziz va muqaddassan ayol

Axborot va matbuot xizmati

Kuni kecha Navoiy shahri Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati Aziz va muqaddassan ayol deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyatning madaniyat va turizm boshqarmasi ishchi xodimlari, soha faxriylari va viloyatning faol xotin-qizlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar xotin-qizlarni go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga dunyodagi eng bebaho boylik – oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, farzandlar va nabiralar kamolini ko‘rib yurish quvonchi hamisha yor bo‘lishini tiladi.

Bayram tantanali konsert dasturi bilan davom etdi.

Viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiq va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz ulashdi.

Tadbir so‘ngida  faol xotin-qzilar taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash