Xalqaro hamkorlik doirasidagi yana bir muloqot
05 Mar, 2023 - 09:00
468
Axborot va matbuot xizmati
Shveysariyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Konstantin Obolenskiy bilan boʻlib oʻtgan muloqot Oʻzbekiston va Shveysariyaning zamonaviy rivojlanishi va madaniyati hamda turizm salohiyati, sohadagi soʻnggi yangiliklar muhokamasi bilan boshlandi.
Sir emaski, ayni paytda nafaqat xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi siyosiy vakillari, balki xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistondagi yangilanishlar jarayoni samaralarini eʼtirof etmoqda.
Elchi janoblari ham bu borada alohida toʻxtalib, har ikki davlat soha mutaxassislari va xizmatchilari oʻrtasida ilgʻor tajribalar almashish, xususan, mehmonxona xizmati, boshqaruvi kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish manfaatli boʻlishini taʼkidladi.
Soha vakillarini Shveysariyaga taklif etib, mazkur davlatdagi ilgʻor tajriba, ayniqsa, Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgan “yashil” texnologiya va standartlarni turizmda ham joriy etish boʻyicha samarali loyihalarni oʻrganish va yurtimizda tatbiq etishga kelishib olindi.
Shuningdek, Obolenskiy janoblari 2023 yilning kuz faslida Samarqand shahri mezbonlik qiladigan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasida Shveysariyaning turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalari ishtiroki taʼminlanishini aytib oʻtdi.
Muloqot yakunida kelgusidagi yangi hamkorlik borasida oʻz takliflarimizni bildirib, yurtimizda boʻlib oʻtadigan Baxshichilik, Maqom sanʼati hamda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivallariga shveysariyaliklarni taklif etdik.
Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat va turizm vaziri