Toshkent viloyati hududlarida "Madaniyat karvoni" shaklida madaniyat oyligiga start berildi
28 Feb, 2023 - 14:48
491
Axborot va matbuot xizmati
Madaniyat va turizm vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining tashabbusi bilan “Madaniyat karvoni” shaklida Navroʻz umumxalq bayramini va sumalak sayllari boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirlar joriy yilning 27-fevral kunidan boshlab madaniyat oyligi doirasida viloyatining Boʻstonliq, Qibray va Parkent tumanlaridagi madaniyat va sanʼat maskanlarining ochiq maydonlari, markaziy maydon va oʻyingohlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, markaziy koʻcha va hiyobonlar, yangidan barpo etilgan va taʼmirlangan madaniyat markazlari hamda madaniyat va sanʼat saroylarida tashkil etildi.
Tadbirlarda madaniyat va sanʼat namoyondalari, jumladan, teatr aktyorlari, anʼanaviy qoʻshiq ijrochiligi vakillari, estrada xonandalari, badiiy va folklor jamoalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari hamda xavaskorlik guruhlar ishtirok etib Toshkent viloyati aholisi kayfiyatiga yanada bayramona aʼlo kayfiyat bagʻishladilar.
“Madaniyat karvoni” shaklidagi tadbirlar joriy yilning mart oyi yakuniga qadar viloyatning barcha tumanarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.