“Xalq cholg‘ulari” onlayn mahorat darsi tashkil etildi

24 Feb, 2023 - 12:03
575
“Xalq cholg‘ulari” onlayn mahorat darsi tashkil etildi

Axborot va matbuot xizmati

Bugungi kunda barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham ko‘plab islohotlar olib borilmoqda.
Shu bois, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmasini oshirish maqsadida Xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha onlayn mahorat darsi tashkil etildi. Onlayn darsni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, mohir sozanda Odil Nazarov o‘tib berdi. 


  Mahorat darsi mobaynida o‘qituvchilarga Xalq cholg‘ulari yo‘nalishi bo‘yicha bir qator metodik tavsiyalar berildi. O‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan mezonlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. 


  Rubob cholg‘usida kuy ijro etishda zarur nazariy bilimlar ham aytib o‘tildi.
  Mahorat darsi yakunida o‘qituvchilar tomonidan professor Odil Nazarovga o‘z bilim va tajribasini ustozlar bilan bo‘lishgani uchun minnatdorlik bildirildi.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash