“Cleopatra Group” asoschisi bilan uchrashdik

24 Feb, 2023 - 11:05
473
“Cleopatra Group” asoschisi bilan uchrashdik

Axborot va matbuot xizmati

Misr Arab Respublikasiga safarimiz davomida taniqli tadbirkor, investor, jamoat arbobi va siyosatchi, “Cleopatra Group”  kompaniyasi asoschisi Muhammad M. Abu El Enein janoblari bilan uchrashdik.

Muloqot chog‘ida bugungi davr talabi, turizm sohasini rivojlantirish uchun investisiya va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan talab, xalqaro hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashdik.

Shuningdek, “Cleopatra Group” kompaniyasi bilan birgalikda madaniyat va turizm sohalarida qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdik.

Aytish kerakki, o‘z brendini xalqaro miqyosga olib chiqa olgan inson, turizm sohasida katta tajribaga ega ishbilarmon, janob Muhammad M. Abu El Enein hozirga qadar o‘nlab yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. 

O‘ylaymizki, ikki tomonlama kelishuvimiz kelgusidagi izchil hamkorlik uchun muhim poydevor bo‘ladi. 

Ozodbek Nazarbekov,
madaniyat va turizm vaziri

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash