Filarmoniya jamoasi "Inclassica 2023" xalqaro musiqiy festivalida
24 Feb, 2023 - 10:24
466
Axborot va matbuot xizmati
Joriy yilning 12 fevral-10 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida o‘tkazilayotgan "InClassica 2023" xalqaro musiqiy festivalida 15-20 fevral kunlari xalqaro tanlovlar laureati, dirijyor Alibek Kabduraxmanov boshchiligidagi Milliy simfonik orkestrimiz odatdagidek muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi.
Mazkur festival klassika yo‘nalishida dunyoning yirik madaniy tadbirlaridan biri sifatida o‘zini namoyon etib, dunyoning mashhur dirijyorlari, solistlari va orkestrlarini bir joyga jam qilmoqda.
“Coca-Cola Arena”da o‘tkazilgan Milliy simfonik orkestrining 4 ta konsert dasturida, taniqli solistlar: Qozog‘iston Xalq artisti Aiman Musaxodjayeva, xalqaro tanlovlar laureatlari; Aleksandr Chaushyan (Armaniston), Jasmine Choi (Koreya Respublikasi) va Nikita Mindoyants (Fransiya) hamda dirijyorlar Gianluka Marchiano (Italiya) va Tomas Grau (Ispaniya) ishtirok etdi.
Ushbu festivalda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Milliy simfonik orkestri yurtimiz sharafini himoya qilib, barchani o‘zbek milliy simfonik orkestri ijrochilik sanʼati va jahon musiqasining noyob namunalari bilan lol qoldirib kelayotgan ijodkorlarimiz, bu gal ham konsert dasturi bilan festival qatnashchilari va tomoshabinlarni alohida e'tiboriga va olqishlariga sazovor bo'ldi.