O‘rta maxsus ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
24 Feb, 2023 - 10:00
539
Axborot va matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, jumladan, Respublika musiqa va san'at kolleji faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Unda, kollej rahbariyatining taklif va muammolarni tingladi hamda sohadagi dolzarb masalalarni hal qilish yuzasidan fikr almashdi.
Bundan tashqari, ishchi guruh institutdagi axborot-resurs markazi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, iqtidorli yigit-qizlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘lishdi.