“Naqshbandiya” III xalqaro turizm festivali ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi

23 Feb, 2023 - 21:31
522
“Naqshbandiya” III xalqaro turizm festivali ishtirokchilari Samarqandga yetib keldi

Axborot va matbuot xizmati

Ushbu turizm festivalida Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Suriya, Fransiya, Shveytsariya, Portugaliya, Rossiya, Bangladesh va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq dunyoga mashhur olimlar, din, fan va jamoat arboblari, shuningdek, turizm sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

Bugun festival ishtirokchilari Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif  buyurishdi.

Bundan tashqari, Imom Al-Moturidiy maqbarasi, Xoja Ahror Valiy masjidi, Shoxi-Zinda majmuasi va Samarqandning boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish rejalashtirilgan.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad buyuk o‘zbek mutafakkirlarining islom dini va jahon sivilizatsiyasi rivojidagi xizmatlariga hurmat bajo keltirish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish va Ziyorat turizmining boshqa ob’yektlari bilan tanishishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi MM

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash