Maqom muzeyi eksponatlari soni oshib bormoqda
23 Feb, 2023 - 15:15
558
Axborot va matbuot xizmati
Mumtoz musiqamizning sevib eʼzozlanishi,uning avloddan avlodga o‘tishida bilimdon sanʼat ahlining o‘rni beqiyosdir.
Betakror doirachilik faoliyati milliy anʼanalarimizning jonli rivoji bo‘lib keldi deya olamiz.
Doirachilik borasida O‘zbek musiqa sanʼati rivojida munosib o‘ringa ega bo‘lgan Dadaxo‘ja Sottixo‘jayevni alohida taʼkidlash joizdir.ustoz doirachilikning jonli ijrosi bilan uning nomini olamga mashhur qilgan.
Dadaxo‘ja Sottixo‘jayev 1920yil 21Fevralda Parkent tumanida ziyolilar oilasida tugilgan.
30-yillarda hayot taqozosi bilan Andijonga kelib qoladi va musiqali teatrda ishlay boshlaydi.
Andijonga tashrif buyurgan Usmon Yusupov teatrda konsert tinglar ekan, beixtiyor doirani maromiga keltirib chalayotgan yigitchaga kuzi tushdi.
1943 yildan urush oxirigacha konsert brigadasi Ukraina frontlarida yurib askarlar konsert berib borganlar.
Bular ichida Maʼmurjon Uzokov, Kommuna Ismoilova, Jo‘raxon Sultonov va albatta Dadaxuja Sottixujayev xam bor edi.
O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi xodimlari tashabbusi bilan maqom muzeyiga ustoz Dadaxo‘ja Sottixo‘jayev chalgan “doira”va boshqa noyob eksponatlar olib kelindi.Ustoz Dadaxo‘ja Sottixo‘jayev qizlari tomonidan ushbu eksponatlar muzey fondiga hadya etildi