Qashqadaryo viloyatidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyati o‘rganildi
23 Feb, 2023 - 12:21
634
Axborot va matbuot xizmati
Mamlakatimizda madaniyat va turizmni rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy muassasalar barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, isteʼdodlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Mutasaddilarning joylarda bo‘lib, mavjud ahvolni yaqindan o‘rganishi, odamlar bilan muloqot qilishi ham bunda alohida o‘rin tutmoqda.
Joriy yilning 21-22- fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari M.Majidov Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
Tashrif davomida madaniyat va sanʼat, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Shahrisabz shahri, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvlar chog‘ida ta'lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni hal etish, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.